Auksinlar (lot. aixo — oʻstiraman) — Oʻsimlik organizmida paydo boʻladigan, uning oʻsishi uchun zarur fiziologik faol moddalar. Hozir Auksinlarning uch xili maʼlum: ssauksin (auksentriol kislota — C18N3203), fiauksin (auksenolon kislota — C18N30O4) va geteroauksin (R-indolil-sirka kislota — C10H9O2N). Auksinlar kristall holda boʻladi. Geteroauksin sintetik yoʻl bilan hosil qilingan. Auksinlar oʻsimliklarning oʻsishini tezlatish, yangi ekilgan qalamchaning yaxshi ildiz otishi, daraxtdagi mevalarning barvaqt toʻkilishini toʻxtatish, baʼzan oʻsimlik hosildorligini oshirish uchun ishlatiladi (yana q. Oʻsishni boshqaruvchi moddalar)[1].

Indolil-3-sirka kislotasi (geteroauksin)
4-Xlorindolil-3-sirka kislotasi
Indolil-3-yogʻ kislotasi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar tahrir