Avanssena (frans. avantccene) – peshsahna, parda bilan orkestr oʻrni orasidagi joy. Opera va balet spek-takllarida A.dan keng foydalaniladi. 1Drama tomoshalarida esa parda oldida oʻtadigan kichik sahnalarni koʻrsatish uchun xizmat qiladi. A.dan oʻrinli foy-dalanish dekoratsiyalarning tez almashu-viga imkon yaratib, voqeaning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi. Ayrim rejissyorlar asosiy harakatni ham A.ga olib chiqib, oʻyin maydonini kengay-tirganlar. 17-asrda Yevropada badavlat oqsuyaklar A.da oʻtirishgan. Oʻzbek rejis-syorlari sahnaning butun sathidan, shu jumladan A.dan keng foydalanishadi. Ayniqsa rejissyor B. Yoʻldoshev A.ni tomosha-binlar zali bilan bogʻlab, voqealar joyini kengaytirishga erishadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil