Aviatsiya sporti – sport turi; vertolyot sporti, aviatsiya modelini yasash sporti, parashyut sporti, deltaplaner sporti va samolyot sportiga boʻlinadi. Aviatsiya sporti ni ommalashtirish bilan Oʻzbekiston mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanpar-var" tashkiloti shugʻullanadi. Aviatsiya sporti 1964-yildan rivojlana boshladi, lekin 1934-yilda Toshkentda birinchi Aviatsiya sporti klubi ochilgan. Oʻzbekiston sportchilari 1965-yilda birinchi marta sobiq Ittifoq Aviatsiya sporti musobaqalarida qatnashib, 4-sovrinli oʻrinni olishgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Aviatsiya sporti" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil