Avlakogen (yun. aulax – egat va genos – tugʻilish) (geol.) – yoriqlar bilan chegaralangan chuqur va kambar koʻrinishdagi platforma ichki chiziqli suriluvchan zona; "A" terminini 1960-yilda N. S. Shatskiy taklif etgan. U A.ni platformadagi ikkita bir xil zona oraligʻidagi murakkab strukturali egat sifatida belgiladi. Oddiy A.lar chuqur (ba’zan 5–10 km), kambar (100 km gacha) va ming km gacha uzunlikdagi bukilmadan iborat boʻlib, yoriqlar bilan cheklangan. A.lar butun platformani kesib oʻtishi yoki biror joyida tugashi mumkin. A.lar rivojlanib ichki platformali yassi bur-mali zonaga (mas, Daniya-Polsha A.) yoki ancha keng va qiya choʻkmasi-neklizalar (mas, Dnepr-Dones A.) ga aylanadi. Mu-rakkab A.lar bukilma-grabenlardan tashqari, koʻtaril-magorstlar (mas, Shimoliy Amerika platformasining Vichita zonasi) ham boʻladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Avlakogen" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil