Avstriyaliklar (oʻzlarini esterrayxer deb ataydilar) – xalq, Avstriyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 8,8 mln. kishi (1992). (Avstriyada – 7,15 mln. kishi). A. nemis tilida soʻzlashadi. Yevropeoid irqiga mansub. Dini – katolik, oz qismi – protestant. Avstriya yeridagi eng ilk qabilalar: il-liriylar, keltlar, retlardir. Miloddan avvalgi 2-asrda Avstriya yerini rimliklar bosib olib, yerlik xalqlarni romanlashtirdi. 5–6 asrlarda Avstriyaga yana bir qancha qabilalar va kabila birlashmalari (gotlar, gunnlar, langobardlar va boshqalar) bosib kiradi. Bular yerlik xalqlarning etnik tarkibiga qisman oʻzgarish kiritgan. 6-asrda Avstriya yeriga slavyanlar va germanlar (bavarlar, alemannlar) keladi. Slavyan va germanlar Avstriyaning ilk roman-118lashgan guruhlari bilan qoʻshilib ketishlari natijasida A. zlati, 19-asrning oxirlarida esa A. millati tashkil topdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil