Avtomobil poyezdi (avtopo-yezd) – bitta yoki bir nechta tirkama ulangan avtomobil. Yuk va yoʻlovchilar Avtomobil poyezdi lari boʻladi. Yuk ortiladigan tirkamalarning oddiy va maxsus kuzovli xillari bor. Maxsus kuzovli tirkamalarga si-sternalar, refrijeratorlar, sovitkichli tirkamalar, oʻzi agʻdargichlar va boshqa ki-radi. Avtomobil poyezdi tirkamali, yarim tirkamali va uzun yuklar uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin. Tirkamalar 1,2,3,4 oʻkdi boʻlib, avtomobilga toʻgʻridan-toʻgʻri tirkaladi; yarim tirkamada oddingi oʻq boʻlmaydi, old qismi shatakchi avtomobilning max-sus tayanchiga mahkamlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil