Avtomobil sporti, avtomobil poygasi – sport avtomobillari va seriya l i avtomobillarda oʻtkaziladigan poyga, sport turi. Birinchi avtomobil poygasi 1894-yil 18-noyabrda Fransiyada Parij-Ruan-Parij yoʻnalishi boʻyicha 1200 km masofada oʻtkazilgan. Qoidaga muvofiq tezlik cheklangan (soatiga 12,5 km) edi. Poyga aylanma shosselar, toʻgʻri shosselar, avtodrom, ippodrom, velo-drom, stadionlarda oʻtkaziladi. Belgi-langan masofada rekord qoʻyish uchun max-sus poygalar ham oʻtkaziladi. Poygada qatnashadigan avtomobillarning xalqaro tasnifi (asosiy mezon – avtomobil ru-sumi va dvigatelning ish hajmi) va texnika talablari vaqt-vaqti bilan oʻzgarib turadi. Chet elda xahon chempionligi uchun aylanma shosselarda oʻtkaziladigan avto-mobil poygalari va Yevropa chempionli-gi uchun oʻtkaziladigan avtoralli asosiy musobaqalar hisoblanadi. Xalqaro avtomobil federatsiyasi (1904-yil) tashkil etilgan. Jahon birinchiligi 1925-yildan oʻtkazib kelinadi. 1965-yil noyabrda ameri-kalik poygachi Kreg Bridlav reaktiv dvi-gatelli avtomobilda soatiga 966, 554 km tezlikda yoʻl bosib mutlaq rekord qoʻydi. Avtomobil sporti boʻyicha sobiq Ittifoq birinchi-ligida Riga shahrida Oʻzbekiston jamoasi 1978-yilda birinchi marta qatnashdi. Oʻzbekiston sportchilaridan Murodjon Qayumov eng yaxshi natija koʻrsatdi. 1996-yil Oʻzbekistonda birinchi marta Pskent shahri yaqinidagi "Ujniy" avtopoligonda tezlik rekordi oʻrnatildi. V. Ye. Alek-sandrov 100 km masofada oʻrtacha 118 km/soat tezlikka erishdi. 1997-yil shu joyda birinchi marta Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi. Oʻzbekistonda Avtomobil sportining 264 ta seksiyasi boʻlib, 22395 kishi sportning shu turi bilan shugʻullanadi. 116 947 kishi ommaviy sport razryadiga ega, 41 nafar sport ustaligiga nomzod, 10 nafar sport ustasi bor (1997).Karimjon Mahkamjonov.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil