Ayb – jamoat tartib qoidalari va axloq normalariga xilof nojoʻya hatti-harakat.

Ayb (huquqda) – javobgarlikka tortishning zarur sharti. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs qonuniy tartibda aybi sudda oshkora koʻrib chiqilib, aniqlanmaganiga qadar Aybli emas, deb hisoblanadi. Jinoyat sodir etishda Aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi[1]. Jinoyat sodir etishda Aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyatning ogʻir-yengilligiga, Aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi, hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas[2]. Maʼlum yoshga toʻlgan, akli raso shaxs qonunda belgilangan tartibda Aybi isbotlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) uchungina javobgar boʻladi, shuningdek qilmishida jinoyat tarki-bining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart. Oʻzbekiston Respublikasi JKda na-zarda tutilgan jinoiy qilmishni shaxs qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etishda Aybli deb topilishi mumkin. Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham boʻlmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetmagan va ishning holatlariga koʻra koʻzi yetishi mumkin va lozim ham boʻlmagan boʻlsa, bunday qilmish Aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish shaxsning javobgarligini va uni aybli deb topishni istisno qiladi. Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari boʻlsa, shu jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi va Aybli deb topilishi mumkin . Oʻzbekiston Respublikasi JPK 2-moddasi talabiga koʻra, Jinoyat prosessual qonun hujjatlarining vazifalaridan biri aybli boʻlmagan hech bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi shartligi toʻgʻrisida koʻrsatma berishdir. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligi, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bogʻliq barcha holatlarni aniqlashi shart. Gumon qilinuvchi, Ayblanuvchi va sudlanuvchi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa, uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa va uning sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmasa, Aybsiz deb topilishi va rea-bilitatsiya kilinishi shart. Gumon qilinuvchining u so-dir etgan jinoyat haqidagi koʻrsatuvlari va Ayblanuvchining oʻz aybiga iqror boʻlishi mavjud toʻgʻri, eʼtirozeiz va xo-lis dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina uni Ayblash, sud tomonidan Aybli deb topish uchun asos boʻla oladi. Aybni boʻyniga olish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning I 2-moddasi asosida baholanib, u toʻgʻri, haqqoniy, eʼtirozeiz va xolis dalil deb topilgandagina sudlanuvchini Aybli deb topish uchun asos qilib olinishi mumkin. Shaxsni toʻla yoki qisman reabilitatsiya etilishining mulkiy va boshqa oqibatlari Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 302–313-moddalarida batafsil koʻrsatilgan. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov tamomlanib ish Ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganda, sud (sudya) Oʻzbekiston Respublikasi JPK 396-moddasining 2-bandi talabiga koʻra, unda Ayblanuvchining reabilitatsiya etish asoslari mavjud boʻlsa, ishni sudda koʻrish uchun tayinlamasdan uni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim. Reabilitatsiya asoslari ish sudda koʻrish uchun tayinlangandan soʻng maʼlum boʻlsa, ishni tugatish ushbu Kodeksning 401-moddasi talabi asosida hal qilinadi. Sud (sudya) ish boʻyicha ayblov hukmi chiqarsa, ushbu hukmda sudlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (jinoyatlarni) sodir etganlikda Aybli deb topish masalasini hal qilishi lozim. Agar sud ish boʻyicha oqlov hukmi chiqarsa, sudlanuvchini Aybli deb topishi mumkin emas. Agar oqlangan sudlanuvchi qamoqda boʻlsa, u oqlov hukmi eʼlon qilinishi bilan qamoqdan ozod etilishi lozim.[3]

Manbalar tahrir

  1. „O‘zbekiton Respublikasi Jinoyat kodeksi“. Lex.uz. Qaraldi: 10-oktabr 2023-yil.
  2. „Jinoyat kodeksi“. Lex.uz. Qaraldi: 10-oktabr 2023-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil