Ayiqmurut

noklar (Pyrus) turkumiga mansub turi

Ayiqmurut, xirsmurut (Pyrus regelii) – ra’nodoshlar oilasiga mansub past boʻyli daraxt. Oʻrta Osiyo (Fapbiy Tyanshan, Pomir-Oloy)da tarqalgan. Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida oʻsadi. A. noqulay, suvsiz, toshloq sharoitda, quruq togʻ yon bagʻirlarida va hatto qoyalarning yoriqlarida ham uchraydi. Aprelda gul-lab, avgustning oxiri va sentabr boshlarida pishadi. Mevasi dumaloq, qattiq, dia-metri 2–3 sm. A.ning mevasi uzilib, 10–12 kun oʻtgach, yumshab shira tortga-nidan soʻng iste’mol qilinadi. Meva-sining qaynatmasidan tomoq ogʻrigʻini davolash va yuqumli kasalliklarning oldini olishda foydalaniladi. A.dan payvandtag sifatida, yangi nok navlari yetishtirishda, quruqtuproqli janubiy togʻ yon bagʻirlarini oʻzlashtirishda va man-zarali oʻsimlik sifatida foydalanish mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil