Ayirtau tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Aholisi 47,7 ming kishi (2010).

Ayirtau tumani
qoz. Айыртау ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Savmalkoʻl
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Jangeldin Ye. B.
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 47 764
Zichligi 4,9 kishi./km²
Millatlar tarkibi ruslar (44,22%)
qozoqlar (38,93 %)
olmonlar (4,54 %)
ukrainlar (5,42 %)
beloruslar (2,03 %)
tatarlar (1,62 %)
polyaklar (0,90 %)[1][2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 9,620 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71535[3]
Pochta indeksi 150100-150123[4]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Xaritada
Ayirtau tumani xaritada
Koordinatalari: 53°17′28.98″N 68°5′55.52″E / 53.2913833°N 68.0987556°E / 53.2913833; 68.0987556 G O

Umumiy maʼlumotlar tahrir

Tuman maydoni 9,6 ming km². Tuman markazi — Savmalkoʻl qishlogʻi. Viloyat markazi bilan Savmalkoʻl qishlogʻining masofasi 250 kilometr; eng yaqin temir yoʻl stansiyasigacha 0,4 kilometr. Tumanda 15 qishloq okrugi bor. Tuman gʻarbida Musirepov va Shal oqin tumanlari bilan, shimolida — Yesil tumani bilan va sharqida Oqmoʻla viloyati bilan chegaradosh.

Tuman aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yer koʻlami 735,5 ming ga, uning ichida ekin maydoni 437,1 ming. Oʻrmonli hududi 142,0 ming ga, 29,9 ming ga yerni daryo va koʻllar egallagan.

Aholisi tahrir

Tuman aholisi 47,764 kishini tashkil qildi. Aholi zichligi 1 km2ga 4,9 kishidan toʻgʻri keladi(1-yanvar 2010-yil).[1][2]

Milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

Iqtisodi tahrir

Tumanda 2010-yilgi 1-yanvarda 396 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 2 — yirik, 45 — oʻrta, 349 — kichik korxonalar. Shulardan 169 tasi davlatniki, 227 tasi xususiy. Tumanda viloyatning qishloq xoʻjaligining umumiy mahsulotning 8,4 % (20 106,0 million tenge) ishlab chiqarilhan.

Oʻtacha oylik (kichik korxonalarni hisobga olmaganda) oʻtgan yili bilan taqqoslaganda 23,9 % ulgʻayib, 37 330 tengeni tashkil qildi. Oylik 15,8 % oʻsdi. Oʻrta jon boshiga hisoblaganda 26 922 tengeni tashkil qildi.

Yirik qishloqlari tahrir

  • Savmalkoʻl;
  • Antonovka;
  • Kazanka;
  • Lavrovka;
  • Sirimbet;
  • Karasaevka;
  • Kirilovka;
  • Dauqara;
  • Kamenniy Brod;
  • Qarajal;
  • Bolotnoe;
  • Kamishnoe;
  • Ariqbaliq;
  • Imantau;
  • Lobanovka;
  • Konstantinovka;
  • Toʻmengi Burliq;
  • Qusbek selolari.

Manbalar tahrir