Aziz Shokirovich Ibragimov (21-iyul 1986-yil Toshkent Oʻzbekiston) — yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan oʻzbek futbolchisi. Xalqaro maydonda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.[1]

Aziz Ibragimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aziz Shokirovich Ibragimov
Tavallud sanasi 21-iyul 1986-yil (1986-07-21) (37 yosh)
Tavallud joyi Gʻuzor, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Turon
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2005 Oʻzbekiston Traktor 16 (0)
2005 Oʻzbekiston Shoʻrtan 11 (0)
2006 Oʻzbekiston Mashʼal 10 (1)
2007—2008 Slovakiya Slovan Bratislava 29 (5)
2008—2011 Chexiya Bohemians 1905 45 (2)
2011—2012 Xitoy Qingdao Hainiu F. C. 39 (4)
2013 Chexiya FK Baník Most 9 (3)
2013 Chexiya SK Dynamo České Budějovice 4 (0)
2013—2014 Chexiya Bohemians Prague 16 (2)
2014 Oʻzbekiston Andijon 12 (3)
2015 Oʻzbekiston Dinamo Samarqand 14 (4)
2015-2017 Oʻzbekiston Buxoro 43 (16)
2017 Eron Machine Sazi F.C. 9 (0)
2017 Latviya FK Spartaks Jūrmala 11 (1)
2018 Oʻzbekiston Buxoro 29 (2)
2019 Oʻzbekiston Navbahor 16 (3)
2020 Oʻzbekiston Surxon 8 (1)
2022- Oʻzbekiston Turon 26 (8)
Milliy terma jamoa
2007-2015 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 17 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Aziz Ibrohimov 1986-yil 21-iyulda Sovet Oʻzbekistoni poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan. 8 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Dastlabki yillarida u jang sanʼatlariga qiziqib, karate va taekvondo bilan shugʻullanishni orzu qilgan, ammo keyin orzulari oʻzgarib futbolga oʻtgan. U Toshkentning „Paxtakor“ klubini futbol akademiyasida tahsil olgan, biroq keyinchalik ayrim muammolar tufayli „Tekstilshchik“ futbol maktabiga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan.

Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning sobiq „Traktor“ klubida boshlagan. 2005/2006-yillarda Qashqadaryoning „Shoʻrtan“ va "Mash’al" jamoalarida toʻp surgan. 2007/2008-yillarda Slovakiyaning „Slovan“ jamoasida oʻynagan. 2008-yildan 2011-yilgacha u Chexiyaning „Bohemians 1905“ jamoasida oʻynagan. 2008/09-yilgi mavsumda Bohemians 1905 tarkibida u ikkinchi kuchli Chexiya ligasi gʻolibiga aylangan.

2012-yilda u Xitoy Superligasining „Qingdao Zhongneng“ klubida oʻz faoliyatini boshlagan. Keyingi yillarda 2014-yilgacha Chexiyaning turli klublarida toʻp surgan. 2014/2016-yillarda Oʻzbekistonning „Andijon“, „Dinamo“ va „Buxoro“ klublarida futbolchilik faoliyati bilan shugʻullangan. 2017-yilning yanvar oyida Eronning „Mashin Sazi“ jamoasiga oʻtgan.

2021-yilda u nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan.[2] 2022-yil Yaypanning „Turon“ klubi taklifi bilan futbolchilik faoliyatini tikladi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2007-yildan 2011-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan. Terma jamoa bilan birga 2007 va 2011-yillarda Osiyo Kubogida ishtirok etgan.

Yutuqlar tahrir

  • Slovakiya chempioni: 2008
  • Latviya chempioni: 2017

Faoliyat statistikasi tahrir

Terma jamoadagi gollari tahrir

Sana Joy Raqib Natija Hisob Turnir
1. 02.07.2007 Paju, Janubiy Koreya   2—0 Won Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 14.07.2007 Kuala Lumpur, Malayzia   5—0 Won Osiyo kubogi 2007
3. 02.06.2008 Singapore, Singapur   7—3 Won 2010-yilgi jahon chempionati saralash

Shaxsiy hayoti tahrir

Aziz Ibragimov uylangan, ayni damda nafaqada farzand tarbiyasi bilan mashgʻul[2].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir