Azizxon Poʻlatovich Qayumov (1926-yil 19-yanvar, Qoʻqon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2018-yil 16-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston) — o`zbekistonlik olim, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori (1961), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995).

Azizxon Poʻlatovich Qayumov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-yanvar 1926-yil
Vafoti 16-fevral 2018-yil(2018-02-16)
(92 yoshda)
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Azizxon Qayumov 1926-yil 19-yanvar Qoʻqonda davlat arbobi Poʻlat Qayumov oilasida tugʻilgan. 1933—1943-yillarda Qoʻoqn shahridagi 3-sonli oʻrta maktabda oʻqigan. 1944—1949-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetida tahsil olgan. 1949—1957-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, 1957—1958-yillarda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetida fan va oliy oʻquv yurtlari boʻyicha katta referent, 1958—1961-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti direktori, 1961—1963-yillarda Oʻzbekiston KP MK fan, oliy oʻquv yurtlari va maktablar boʻlimi, soʻng fan va madaniyat boʻlimi mudiri, 1963—1964-yillarda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, vazirning birinchi oʻrinbosari, 1964—1974-yillarda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Kinematografiya davlat qoʻmitasi raisi, 1974—1979-yillarda Toshkent madaniyat instituti rektori, 1979—1998-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar instituti direktori, 1998—2018-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 1995-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2018-yil 16-fevral Toshkentda 92 yoshda vafot etdi, 17-fevralda Minor qabristoniga dafn etilgan.

Asosiy ilmiy ishlari tahrir

Qoʻqon adabiy muhiti mavzuida. „Maxmur“ (1956), „Hoziq“ (1957), „Gʻoziy“ (1959), „Saddi Iskandariy“ (1975), „Alisher Navoiy“ (1976, 1991), „Hayrat ulabror“ (1977), „Farhod va Shirin“ sirlari" (1979), „Nodir sahifalar“ (1991), „Bu ohang ila boʻlgʻaysen Naqshband“ (1993) kabi asarlari Apisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini oʻrganishda muhim hissa boʻlgan. Q mashnshunoslik sohasida ham samarali ish olib borib, bir qancha oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1980). „Shuhrat“ medali (1996), „Elyurt hurmati“ ordeni (2003) bilan taqdirlangan.[1]




Manbalar tahrir

  1. *Nazm va tafakkur quyoshi, T., 1992; Sheʼriyat jilolari, T., 1996; Jemchujina mudrosti i taynm semi morey (B. Hasanov bilan hamkorlikda), T., 2000; Akademik Gʻafur Gʻulom, T., 2002; Akademik Vohid Zohidov, T., 2004; Akademik Oybek, T., 2005.