BAGʻDOD TEMIR YOʻLI – Bosfor boʻgʻozini Fors koʻrfazi bilan bogʻlaydigan temir yoʻl (uz. taxminan 2400 km)ning 20-asr boshlarida kengtarqalgan pomi. Turkiya, Suriya va Iroq qududidan oʻtadi. 1888 yilda dastlab Germaniyaning "Doyche bank"i Bosfordan Izmirgacha 1871 yilda qurilgan temir yoʻlni Anqaragacha uzaytirish boʻyicha koniyessiyani Turkiya hukumatidan sotib oldi. 1899 yilda tuzilgan Fransiya-Germaniya bitimiga binoan.

Fransiya yoʻl qurilishiga sherik boʻldi. 1903 yilda temir yoʻl qurilishini davom ettirish konsessiyaning Turkiya tomonidan Germaniyaga berilishi yirik davlatlar urtasida ziddiyatlarning kuchayi-shiga sabab boʻlgan. Angliya-Germaniya bitimiga (1914) muvofiq, Germaniya Bagdoddan janubida Fors koʻrfazi yoʻnalishida temir yoʻl qurilishini Angliyaga berdi. Xususiy ingliz va fransuz kompaniyalari Bagʻdod temir yoʻlining soʻnggi qismlarini tugallab, foydalanishga topshirdi (1934 – 41). Hozir Bagʻdod temir yoʻli kismlari Turkiya, Suriya va Iroqqa qaraydi. Texnika, transport va aloqa yoʻllarining ta-raqqiyoti tufayli Bagʻdod temir yoʻli oʻzining siyosiy-strategik ahamiyatini yoʻqrtdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil