BalujistonOsiyodagi tarixiy viloyat, Eron yassitogʻligining jan.-sharqda. Maydoni 0,5 mln. km² dan koʻproq. Sharqiy Balujiston (347 ming km²) Pokiston hududida, Gʻarbiy B. esa Eron hududidadir. Qadimda B. hududida maka, gedrosiy va boshqa xalqlar yashagan. Oʻrta asrlarda B. avval Arab xalifaligi, soʻngra Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Hulokuiylar, Temuriylar davlatlari tarkibida boʻlgan. 17-asr boshlarida B. hududida bir necha hokimliklar vujudga kelib, ularning hokimlari safaviylar va boburiylarga qaram boʻlgan. Bu hokimliklardan eng qudratlisi boʻlgan Kolot hokimligi hokimi (Sharqiy B.) Nosirxon Baluj (175095) butun B. hududini oʻz qoʻl ostiga olib, oʻzini afgʻon shohlaridurroniylar vassali deb eʼlon qilgan. 19- a. boshlaridan B.ga Angliya oʻz taʼsirini oʻtkaza boshladi. 1854, 1876 va 1879 yillarda Kolot va Qobul hokimlariga majburan qabul qildirilgan shartnomalarga koʻra, Sharqiy B. Angliyaga boʻysundirildi va Britaniya Balujistoni hamda Baluj hokimliklari federatsiyasiga (Kolot, Haron, Makron, Las-Bela) boʻlib tashlandi. Gʻarbiy B. 184957 yillarda Eron tarkibiga qoʻshildi. 1947 yil avgustda Britaniya Balujistoni Pokiston tarkibiga kirdi. Baluj hokimliklari federatsiyasi esa 1948 yil martida Pokistonga qoʻshildi. Sharqiy va Gʻarbiy B. oʻrtasidagi chegara 1956 yil 29 oktdagi Eron-Pokiston bitimi asosida belgilandi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil