Bandi turkiston - Paropamiz togʻlarining old tizmalaridan biri, Afgʻoniston shim.da. Uz. 300 km. Eng baland joyi 3809 m (Havzi Kaud choʻqqisi). B. T. bilan Safidkoʻh tizmasi orasidagi boʻylama botiqdan Murgʻob daryosi oqadi. B. T. shimoli-gʻarbda Qorabel qirlarita qoʻshilib ketadi. Togʻlar asosan ohaktosh va slaneslardan tashkil topgan, granit jinslar ham uchraydi; koʻplab daralar bilan oʻyib yuborilgan, qurumlar keng tarqalgan. Iqlimi subtropik, kontinental iqlim. Yogʻin yiliga 100 — 350 mm, asosan qish va bahorda yogʻadi. Togʻ oraligʻidagi vodiylarda vohalar bor. Etaklarida choʻl, togʻ dashti oʻsimliklari oʻsadi, yuqori qismi siyrak archazor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil