Banka, Bangka — Indoneziyaga qarashli orol. Katta Zond o.lari tarkibida. Maydoni 11,6 ming km². Bosh shahri — Pankalpinang . Orolning koʻp qismi allyuvial tekislik, baʼzi joylarida granitli tepaliklar uchraydi. Eng baland joyi 699 m. B.da nam tropik oʻrmonlar bor; botqoqlik koʻp. Qalayi qazib olinadi. Allyuvial, qirgʻoqqa yaqin dengiz va gidrotermal konlar mavjud boʻlib, 1709-yildan boshlab foydalaniladi. Metallning umumiy zaxirasi 275 ming t. chamasida. Sochilmalarda kassiterit miqdori 150 — 700 g/m3.

Banka
Geografiya
Maydoni 11 413 km2
Dengiz sathidan balandligi 63 m.
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya
Mintaqa Bangka-Belitung
Demografiya
Aholisi 626 955
Qo'shimcha ma'lumot

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil