Baobab (Adansonia digitata) — bombakdoshlar(gulxayridoshlar) oilasiga mansub daraxt. Afrika savannalarida oʻsadi. Panjasimon murakkab barglari yilning qurgʻoq issiq faslida toʻqiladi. Guli yirik (diametri 20 sm), oq. Bodringsimon mevalari yilning issiq paytida pishadi. B. boʻyi 10—12 m boʻlsada, shox-shabbasi katta (aylanasi 45 m) maydonni egallaydi. Tanasining diametri 4 — 10 m, 4 — 5 ming yil umr koʻradi. Poʻstlogʻi arqon eshish, dagʻal gazlama toʻqishda ishlatiladi.

Adansonia digitata
Adansonia digitata

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil