Baqtriya, Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy viloyat va davlat.

Baqtriya Oʻrta Osiyo xaritasida

Asosan hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning jan. viloyatlari hamda Afgʻonistonning shim. qismini oʻz ichiga olgan. Shim.da Sugʻd, jan.da va jan.-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Ma-rgʻiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. B. miloddan avvalgi 6—4-asrlarda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi 3-asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi 2-asrda toharlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan.

B.da dastlabki arxeologik tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Shim. B. hududida 1926 — 28-yillarda Sharq madaniyati muzeyi (hozirgi Sharqxalqlari sanʼati muzeyi) ekspeditsiyasi (rahbari B. P. Denike). 1936 — 38-yillarda Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi (rahbari M. Ye. Massoy), 1953 — 54-yillarda Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi (rahbari M. M. Dyakonov), 1950 — 55-yillari Oʻzbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining Surxondaryo otryadi (rahbari L. I. Albaum) arxeologi k kazish ishlari olib borgan. 1960-yildan (bir oz tanaffus bilan) Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (rahbari G. A. Pugachenkova), 1972-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Baqtriya ekspeditsiyasi (rahbari V. M. Massoy) arxeologik tadqiqotlarni davom ettirdi. Jan. B. hududi (Shim. Afgʻoniston)da fransuz arxeologlari — R. Girshman (1936 - 41), D. Shlumberje (1945 - 64), P. Bernar (1964 — 78), shuningdek sobiq Ittifoq-Afgon ekspeditsiyasi (1970 — 78; I. T. Krutikova, V. I. Sarianidi, G. A. Pugachenkova, R. Sulaymonov, Sh. Pidayev, Z. Hakimov, V. N. Yagodin va boshqalar) qazish ishlari olib borgan.

Avesto, Bihistun kitobalari, Nakshi Rustamdagi kitobalar hamda qad. B. Oʻzbekistonda dehqonchilik madaniyati taraqqiy etgan va ilk davlat tuzumi vujudga kslgan qad. markazlardan biri. Bu yerda miloddan avvalgi 2 ming yillikniig 1-yarmidayoq oʻtroq dehqonchilik madaniyati mavjud boʻlganligi arxeologik materiallar bilan isbotlangan. B.ning oʻtmishda "Ming bir shahar mamlakati" deb atalganligi unda shaharlarning koʻp boʻlganligidan guvoxlik beradi. Surxondaryoning jan. tumanlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida koʻplab shahar harobalari topilgan (qarang Ayritom, Dalvarzintepa, Termiz, Xolchayon va boshqalar).

Tarixiy va arxeologik maʼlumotlarga koʻra baqtriyaliklar belbogʻli koʻylak, cholvor va kuloh kiyishgan, cholvorlarining pochasini uchi yuqoriga qayrilgan etiklarining qoʻnjiga tiqib yurishgan. B.da asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Miloddan avvalgi 6 — 4-asrlarda B. madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan. Birinchisi, koʻproq koʻchmanchi aholi madaniyati bilan bogʻliq boʻlib, adabiyotda "hayvon uslubi" (mehnat va jang qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlarini turli hayvonlar suratlari bilan bezash) deb yuritiladi. Ikkinchisi, oʻtroqbaqtri-yaliklar madaniyati yodgorliklarida aks etgan (qarang Amudaryo xazinasi va boshqalar). Budav-rda metall ishlash sanoati (qarang Dalvarzintepa va boshqalar), meʼmorlik (qarang Kuchuk-tepa, Qalʼaimir va boshqalar), xalq ogʻzaki ijodiyoti taraqqiy etgan. B. madaniyati, ayniqsa miloddan avvalgi 1mingyillikning soʻnggi asrlarida yuksalgan (qarang Xotin-rabod va boshqalar). Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari anʼanalari taʼsirida ham boyigan. Miloddan avvalgi 2 — 1-asrlarda ipakchilik va pillachilik rivojlangan (yana q. Sopollitepa). Bu davrga oid meʼmorlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa. Qalʼai mir, Xolchayon va boshqa joylardan topilgan. Jan. B.dagi Bagram, Balx, Dashli, Dilbarjin, Oyxonim, Oltindiltepa, Xadda (Afgʻoniston) va Taksila (Pokiston)da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu hakdagi maʼlumotlarni yanada boyitdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Древняя Бактрия, L., 1974;
  • Sagdullayev A. S, Usadboʻ drevney Baktrii, T.. 1987.