Barelyef (fransuzcha: bas-relief — past relyef) — boʻrtma tasvir; haykaltaroshlikda relyef turi. Zamin (fon) sathidan boʻrttirib ishlangan tasvir asli shaklining yarmidan ortmasa (mas, tanga, nishon yuzasiga ishlangan tasvirlar) B. deb ataladi. B. me’moriy inshootlar bezagi va bezak san’ati asarlarida keng tarqalgan, shuningdek haykal oʻrnatiladigan taglik, supa (postament), stela, yodgorlik lavha va b.da keng qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Barelyef" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil