Bariy karbonat, VaSO, - tuz, rangsiz kristall modda. o>(810° gacha turgʻun), E-(810° dan 960° gacha turgʻun) va u-(960° dan yuqorida turgʻun) modifikatsiyalari mavjud. Zichligi 4250 kg/m3, Suyuqlanish temperaturasi 1550°. 1000° dan yuqorida VaO va SO2 ga ajraladi. Suvda qiyin (18° da 1l da 20 mg), xlorid va nitrat kislotalarda oson eriydi. Tabiatda viterit degan mineral shaklida uchraydi. Bariy karbonat BaS ga SO2 yoki NaCO3 taʼsir ettirib olinadi. Bariyning boshqa birikmalarini olish, suvni yumshatish, optik shisha, emal va sir ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil