Bashshor ibn Burd (714, Basra - 783, Bagʻdod) — arab shoiri. Asli fors boʻlib, yoshligidan koʻzi koʻr boʻlgan. Basra va Bagʻdodda yashab, arab va fors tillarida ijod qilgan. Muhabbat lirikasining ustasi, maqtov-madhiya va hajviy mazmundagi sheʼrlar muallifi. Arab sheʼriyatidagi anʼanaviy qoidalarni buzib, "yangicha uslub"ning asoschisi boʻlgan. Ochiqchasiga zar-dushtiylik gʻoyalarini targʻib qilgani, binobarin, "axloqsizligi" uchun 744-yildan ona shahridan quvgʻin qilingan. Iroq boʻylab sarson-sargar-don boʻlib yurib, 762 yilda Basraga qaytib kelgan. Xalifa al-Mahdiyning saroy (maddoh) shoiri boʻlishga hara-kat qilgan. Vazir Yaʼqub ibn Dovud haqidagi zaharxanda hajviyasi uchun xalifa amriga koʻra kaltaklab oʻldirilgan. Bashshar ibn Burd haqida koʻplab lati-falar toʻqilgan; ular Abulfaraj isfahoniyning 20 j.li "Al-agʻoni ulkabir" ("Qoʻshiqlar katta kitobi")da saqlanib qolgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Esat Ayyıldız, Abbâsî Dönemi Şairi Beşşâr b. Burd'un Uzun Manzumeleri, Filoloji Alanında Araştırma ve Değerlendirmeler, Ankara: Gece Kitaplığı, 2021, c. 2, s.27-58.