Baydarka — xipcha yengil qayiq. Eshkaklari ilgaksiz. Rul bilan boshqariladi, rul oyoqda buriladi. Sport B. si — yaxlit yogʻoch yoki plastmassa qoplamali, turist B.si — yogʻoch, metall yoki plastmassadan yigʻma qobirgʻali qilib yasalib, suv oʻtkazmaydigan material qoplangan boʻladi. Turist B.si yigʻma holda koʻpincha 2 ta qopga jo boʻlib, ogʻirligi 27 – 50 kg keladi. 180 – 350 kg gacha yuk koʻtara oladi. Tinch suvdagi poygaga moʻljallangan sport B.si yupqa fanerdan yasaladi. B. usti paluba bilan yopilib, 1, 2, 4 nafar eshkakchi uchun lyuklar ishlangan boʻladi. Bir eshkakchi uchun moʻljallangan B.ning uz. 5,2 m, kengligi 51 sm, ogʻirligi 12 kg; ikki eshkakchi uchun moʻljallangani — 6,5 m; 55 sm; 18 kg; toʻrt eshkakchi uchun moʻljallangani — 11 m; 60 sm; 30 kg . Sportchilar ikki kurakli eshkakni oqimga qarab oʻtirgan holda eshadilar (qarang Baydarka va kanoeda eshkak eshish). B.da poygalar erkaklar oʻrtasida 1936-yildan, ayollar oʻrtasida 1948-yildan olimpiya musobaqalari dasturiga kiritilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil