Bayramxon Abdurahim (1556 −1622, Dehli) — shoir, tarjimon. Bayramxon ibn Sayf Alibekning oʻgʻli. Akbar hukmronligi davrida „xonlar xoni“ unvoniga sazovor boʻlgan. B. „Boburnoma“ni forschaga tarjima qilgan.

Hindiston tarixiga oid asarlarda „Rahimiy“ taxallusi bilan turk, arab, fors, hind va sanskrit tillarida yozgan sheʼrlari bor. J. Neru B.ga yuksak baho bergan. Tarixchi Abulboqi Nihovandiy B.ga bagʻishlab „Maosiri Rahimiy“ni yozgan (1927), unda shoirning hayoti, ijodi, oʻsha davrdagi siyosiy va madaniy hayotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot bergan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil