Behzod Abduraimov (1990-yil 11-sentabrda[2] Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik pianist. London xalqaro pianino musobaqasi (Wayback Machine saytida 2009-04-22 sanasida arxivlangan) va boshqa bir necha xalqaro pianino musobaqalari gʻolibi.

Behzod Abduraimov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 11-sentyabr 1990-yil (1990-09-11) (33 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston[1]
Janr classical music
Amplua pianist

Tarjimai holi tahrir

Behzod 1990-yil 11-sentabr Toshkent shahrida tugʻilgan, pianinoda chalishni besh yoshida boshlagan.[3] Ilk musiqiy bilimlarini Toshkentdagi Uspenskiy nomli Respublika maxsus musiqa maktabida Tamara Popovichdan olgan. 8 yoshidan boshlab Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasida AQSh, Italiya, Rossiya va Oʻzbekiston sahnalarida yakkaxon musiqalar ijro etgan. Hozir u AQShning Park universiteti da musiqa yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda.

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki tahrir

  • "XXI asr musiqachisi" musobaqasida 3-oʻrin. (Qozogʻiston, 2000-y.)[4]
  • Chaykovskiy xalqaro musobaqasida diplom (Syamin sh. Xitoy. 2002-y.)
  • "Le Muze" musobaqasida 1-oʻrin va grand pri sovrini. (Italiya, 2003-y.)
  • Lennox yosh artistlar musobaqasi va Corpus Christi. (AQSh, 2008-y.)
  • Janubiy Missuri xalqaro pianino musobaqasining yosh ijrochilar bo`limida 1-o`rin. (AQSh, 2008-y.)[5]
  • London xalqaro pianino musobaqasida 1-oʻrin. (London, Angliya, 2009-y.)

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. LIPC:Behzod Abduraimov, 2009-05-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-05-07
  3. Losra.org:Behzod Abduraimov's CV[sayt ishlamaydi]
  4. Losra.org[sayt ishlamaydi]
  5. MSIPC helps fulfill college mission, 2008-12-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-05-07

Havolalar tahrir