Beldyuga (Zoarces viviparus) — beldyugasimonlar oilasiga mansub baliqlar turi. Boltiq, Barens, Oxota va Yapon dengizlarida yashaydi. Yelka va anal suzgich kanotlari gavdasining oxirigacha davom etadi. Dum suzgich qanoti rivojlanmagan. Tirik tugʻadi. Dek.— fevralda (300 — 400 donagacha) bolalaydi. Yosh baliqchalar, umurtqasiz jonivorlar, keyin mollyuskalar. mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Boltiqbuyi davlatlarida ovlanadi.

Beldyuga
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Zoarces viviparus

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil