Belen, Para — Braziliya shim.dagi shahar, Para shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,1 mln. kishi (1992, shagʻar atrofi bilan). Dengiz porti, xalqaro aeroport bor. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik, kemasozlik korxonalari va ustaxonalar bor. B. orqali chetga oʻrmon mahsulotlari (kauchuk, braziliya yongʻogʻi, babassu yongʻogʻi, mum) va jut chiqariladi. Meʼmoriy yodgorliklari: Santu-Alejandri monastiri va cherkovi (1718 19), sobor (1748) va boshqa Unt bor. 1616-yilda asos solingan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil