Beliye rozi“ (ruscha: Белые розы, yaʼni „Oq atirgullar“) – „Laskoviy may“ sovet guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq matnini ham, musiqasini hamda Sergey Kuznetsov yozgan. Qoʻshiq bugunga qadar Rossiyada hamda qoʻshni respublikalarda mashhur boʻlib keladi. Qoʻshiqni bir necha rossiyalik hamda xorijlik xonanda kaver qilgan.

„Beliye rozi“
„Laskoviy may“ guruhi qoʻshigʻi
B tomon „Sedaya noch“
Chiqarilgan sanasi 1989
Yozib olingan 1988
Janr yevro disko
Davomiyligi 05:48
Leybl Melodiya
Matn muallif(lar)i Sergey Kuznetsov
Bastakor(lar) Sergey Kuznetsov
Klipi
„Beliye rozi“ YouTubeda

Sovet markaziy televideniyesida „Beliye rozi“ qoʻshigʻi uchun olingan klip birinchi marta 1989-yilning yanvar oyida „Utrennyaya pochta“ dasturi davomida namoyish etilgan. Klip 1988-yil oxirida suratga olingan boʻlgan. Qoʻshiq birdaniga shuhrat qozongan: „Laskovy May“ guruhi bir zumda sensatsiyaga aylangan, guruh qoʻshiqlari butun Sovet Ittifoqi boʻylab yangray boshlagan[1]. 2009-yilda „Perviy kanal“ telekanalining „DOstoyanie RYespubliki“ dasturi tomoshabinlari „Beliye rozi“ qoʻshigʻini xalq mulki deb topgan.

1980-yillar yakunida qoʻshiq Polshada ham keng ommalashgan. 2008-yil yangi yil arafasida taniqli xonanda Natasha Urbanskaya „Beliye rozi“ qoʻshigʻini ijro etishi ortidan ashula mamlakatda yangidan shuhrat qozongan.

Qoʻshiqni Kuznetsov 1986-yil ichkilikka mukkasidan berilganida yozgan, degan taxmin mavjud. Yaʼni, „Laskoviy may“ solisti Yuriy Shatunov qoʻshiqni ilk bor ijro etgan paytida 13 yoshda boʻlgan. Kuznetsovning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqda „oq atirgullar“ bilan boshqalar tomonidan foydalanilganidan keyin, tashlab qoʻyilgan odamlar nazarda tutilgan. Kuznetsov qoʻshiqni „Laskoviy may“ guruhining ilk sahnaga chiqishi ortidan bir kun oʻtib, 15 daqiqa ichida yozganini aytgan. 2013-yilda u qoʻshiqning qizil rangli ruchka bilan yozilgan ilk qoʻlyozmasi saqlanib qolganini taʼkidlagan[2].

Duetlar tahrir

2015-yil Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov „Beliye rozi“ qoʻshigʻini „Istiqlol“ sanʼat saroyida „Bolalar“ guruhi tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan yubiley konsertda birga ijro etishgan[3].

Manbalar tahrir

  1. Алексей Караковский. „Обрыв плёнки, или Путаные воспоминания о восьмидесятых“ (deadlink). КОНТРАБАНДА (2014-yil 25-fevral). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
  2. Сергей Чирков. „25 лет назад, или «Белые розы» не вянут“. Аргументы и факты (2013-yil 22-may). 2016-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
  3. Aniq.uz „Yuriy Shatunov oddiy inson edi - Tohir Sodiqov“ (uz). Aniq.uz (2022-yil 23-iyun). Qaraldi: 2024-yil 10-yanvar.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 28-iyul, 2022-yil(2022-07-28) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.