Benefis (frans. benefi ce — foyda) — tushumi toʻla yoki qisman teatr jamoasi yoki ayrim aktyorga toʻlanadigan spektakl. Birinchi B. Fransiyada 1735 i. oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda birinchi B. 1924-yilda atoqli aktrisa Maʼsuma Qoriyevaning Halima (F. Zafariy, "Halima") rolini 100marta ijro etishi munosabati bilan oʻtkazildi. 1925-yildan sobiq Ittifokda, jumladan Oʻzbekistonda B. bekor qilinib, uning oʻrniga artistlarning ijodiy kechalarini uyushtirish rasm boʻlgan. 1958-yil Otello (U. Shekspir, "Otello") rolini 500-marta ijro etilishi munosabati bilan A. Hidoyatovning ijodiy kechasi (B.i) oʻtkazilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil