Bering Vitus Ionassen (Ivan Ivanovich) (1681 — 1741.8.12) — dengizchi sayyoh, kapitankomandor. Asli daniyalik, 1703-yil rus flotiga taklif qilingan. 1724-yilgacha Boltiq va Azov dengizlari flotlarida xizmat qilgan. B.ga 1725-yilda Osiyo bilan Amerika quruqlik orqali tutashganligi yoki boʻgʻoz orqali ajralganligipi anik^ash vazifasi topshirilgan. IKamchatka ekspeditsiyasi (1728—30)ga boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya Chukotka yarim oroli bilan Alyaska oraligʻidagi boʻgʻoz (keyinchalik B. nomiga qoʻyilgan) orqali 67° 18’ gacha suzib oʻtib yana orqaga qaytadi. B. 1733-yil 2Kamchatka ekspeditsiyasiga boshliq qilib tayinlandi. 1741-yil 17-iyulda B. dengiz orqali Shim. Amerika sohillariga yetib bordi. Aleut o.laridan baʼzilarini kashf qildi. Orqaga qaytishda Kamchatka sharqidagi orollardan biri (hozirgi Bering o.) da qishladi va oʻsha yerda vafot etdi. B. nomiga Tinch okean shim.dagi dengiz, boʻgʻoz va orol qoʻyilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil