Bernard Montgomery

Asrorov Dilshodkhan

Bernard Law Montgomery (1887—1976) — Buyuk Britaniyaning harbiy arbobi, feldmarshal (1944), Al-Alamayn vikonti (1946). 1908-yildan armiyada. Sandxerstdagi harbiy akademiyani tugatgan. 1—2-jahon urushlari qatnashchisi. Ikkinchi jahon urushida Shimoliy Afrikadagi 8-armiya (bu armiya AlAlamayn ostonalaridagi jangda gʻalaba qozongan) qoʻmondoni (1942-yildan). Normandiya, Belgiya, Shimoliy Germaniyada 21-armiya guruhlari qoʻmondoni (1944—45); imperiya Bosh shtabi boshligʻi (1946—48), NATO qurolli kuchlari bosh qoʻmondonining 1-oʻrin-bosari (1951—58). Buyuk Britaniya va chet mamlakatlarning oliy ordenlari kavaleri.[1]

Manbalar tahrir

  1. "MONTGOMERI (Montgomery) Bernard Lou" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil