Bernardino Telezio (1509 — Kozensa — 1588.2.10) — italyan faylasufi. Neapol shahrida tabiatni tajriba asosida oʻrganuvchi akademiyaga asos solgan. Uytonish davri tabiiy ilmiy empirizmining asosiy vakillaridan biri. Tabiat rivojiga ilohiy kuchning bevosita taʼsirini inkor etgan. Narsalarning oʻzini oʻzi saqlab qolishga boʻlgan intilishini butun borliqni harakatga keltiruvchi kuch, oʻzini takomillashtirib borishini esa — maqsad deb hisoblagan. "Narsalarning oʻz qonunlariga koʻra tabiati toʻgʻrisida" asarini yozgan (1565). Unda ilk yunon naturfalsafasi anʼanalariga qarshi chiqqan. T. Kampanella, Bruno, Dekart, F. Bekonga jiddiy taʼsir koʻrsatgan. T. fikriga ko'ra makon bir tomonlikka ega olamda mutlaq bo'shlik ham mavjud.