Bidgoshch (Bydgoszcz) — Polshadagi shahar. Bidgoshch voyevodaligining maʼmuriy markazi. Visla daryosi boʻyidagi port. Aholisi 380 ming kishi (1990). B. 1346-yilda bunyod etilgan. Oʻrta acp meʼmoriy yedgorliklari saqlanib qolgan. Boltiq dengizi portlariga chiqiladigan muhim temir yoʻl tuguni. B. orqali VarshavaBerlin temir yoʻl oʻtadi. Mashinasozlik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, kimyo, koʻn sanoati korxonalari mavjud. Teatr va muzeylar bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil