Bioko oroli (Bioko) (1973-yilgacha FernandoPo, 1979-yilgacha MasiasNgemaBiyogo)—Atlantika okeaniningGvineya qoʻltigʻidagiorol, Afrikaqirgoqlari yaqinida. Ekvatorial Gvineya provinsiyasi. Maydoni 2017 km². Aholisi 100 ming kishidan ortiq. Orol vulkan massivlarining qoʻshilishidan paydo boʻlgan (balandligi 3008 m gacha, Malabo togʻi). Doim yashil tog tropik oʻrmonlar bilan krplangan. TikodeSantaIsabel qoʻriqxonasi bor. Kakao, kofe plantatsiyalari mavjud; maniok, yer yongʻoq, shakarqamish yetishtiriladi. Orodda Ekvatorial Gvineya poytaxti—Malabo shahri joylashgan.