Biosintez (bio... va sintez) — tirik organizmda yoki undan tashqarida bio(fermentlar) taʼsirida birmuncha oddiy birikmalardan organik moddalar hosil boʻlishi. B. — oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarda sodir boʻladigan moddalar almashinuvining tarkibiy qismidir. Xemosintezlovchi bakteriyalardan tashqari hamma organizmlarda B. uchun birlamchi energiya manbai yashil oʻsimliklarda organik moddalar shaklida toʻplanadigan quyosh energiyasi hisoblanadi (qarang Xemosintez, Assimilyatsiya, Fotosintez). Har qanday hujayra oʻziga zarur boʻladigan moddalarni sintezlaydi. Hujayrada boradigan B.ning xususiyatini uning genetik apparatida kodlashgan irsiy axborot belgilaydi (qarang Oqsillar, Genetik kod). Organizmdan tashqarida boradigan B.dan xalq xoʻjaligining turli sohalarvda keng qoʻllaniladigan biologik moddalar—vitaminlar, ayrim gormonlar, antibiotiklar, aminokislotalar, oqsillar va boshqa birikmalarni sanoat miqyosida olishda foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil