Bitim — 1) huquqda shartnoma, kontrakt, xalqaro shartnoma, konvensiya tushunchalarining sinonimi. 2) Oʻzbekiston Respublikasining FK boʻyicha fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakati. Bitim bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama boʻlishi mumkin (qarang Shartnomalar). Bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bulsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi. Bitimlar ogʻzaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi. Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas molmulk bilan bogʻliq Bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzok, muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan, shuningdek huquqtartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim; 14 yoshga toʻlmagan shaxslar; ruhiy kasalligi va aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan Bitim; qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan Bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. 14 yoshdan 18 yoshgachaboʻlgan voyaga yetmagan shaxslar; muomala layoqati cheklangan fuqarolar; harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki boshqara olmaydigan fuqarolar tomonidan; shuningdek yanglishish taʼsirida tuzilgan bitim; aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining 2-taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan bitim; yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitim sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil