Blida — Jazoir shim.dagi shahar. Blida viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 171 ming kishidan ziyod. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Muhim savdo markazi. Oziq-ovqat (un tortish, konserva, vinochilik), kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari va aerodrom bor; zaytun moyi va xushboʻy dorivorlar ishlab chiqariladi. Sitrus mevalari yetishtiriladigan rayon markazi. Uncha katta boʻlmagan toʻqimachilik fabrikalari bor. 16-asrda tashkil etilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil