BOʻRON — uzoq davom etadigan kuchli shamol. Odatda, siklonlarttt sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antitsiklon chetlarida paydo boʻladi. B. vaqtida qor koʻchib, uy va devorlar yonida qor uyumlari paydo boʻladi, temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini qor bosadi. B. qumli choʻllarda qum koʻchishiga, dengizda suvning kuchli toʻlqinlanishiga sabab boʻladi. B. vaqtida yer sirtida shamol tezligi 20 m/s dan 50 m/s gacha yetishi, ayrim paytlarda 100 m/s gacha borishi mumkin. Meteorologiyaaya dovul, poʻrtana va qasirgʻa atamalari ham B.ni anglatadi. Lekin bular shamolning tezligi, davom etish vaqti bilan bir-biridan farq qiladi. Bofort shkalasi boʻyicha B. 6—12 ball bilan baholanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil