Bolqon antantasi — Gresiya, Ruminiya, Turkiya va Yugoslaviyaning ittifoqi (1934-yil 9-fevral, Afina shahri). Birinchi jahon urushidan soʻng Bolqonda tarkib topgan kuchlar nisbatini saqpash maqsadida Fransiya hukmron doiralari tashabbusi bilan tuzilgan. Bolqon antantasi mazkur ittifoq qatnashchilarining Bolqondagi chegʻaralari xavfsizligini oʻzaro kafolatlashni, ulardan biriga hujum qilingan taklirda oʻzaro yordam koʻrsatishni koʻzda tutardi. 1939—45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi B.A.ga barham berdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil