Bolt (nemischa: Bolt) — mashina yoki inshootlarning ajraluvchi qismlarini biriktiruvchi mahkamlash detali; bir uchida rezba qirqilgan, ikkinchi uchida toʻrt yoki olti qirrali kallagi boʻlgan dumaloq sterjendan iborat. Bolt biriktiriladigan detallardagi teshikdan oʻtkazilib, rezbali uchiga gayka burab qoʻyiladi.

Bolt bilan gayka

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil