Boqi Muhammadxon ibn Jonibek Sulton (1554-yil, Buxoro xonligi –1605-yil, Buxoro xonligi) – ashtarxoniylar sulolasining birinchi vakillaridan biri, Buxoro xonligi hukmdori (1601–1605). Davlat arbobi va sarkarda. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon ibn Iskandarxonning (1583–1598) jiyani va uning hukmronligi davrida koʻpgina harbiy yurishlari qoʻmondoni. 1599–1601-yillarda Samarqandda hokimi.

Boqi Muhammadxon
Boqi Muhammadxon ibn Joni Muhammad
 Buxoro xonligi hukmdori
Mansab davri
1601-yil – 1605-yil
Oʻtmishdoshi Pirmuhammadxon II
Vorisi Vali Muhammadxon
 Samarqand hokimi
Mansab davri
1559-yil – 1601-yil
Monarx Pirmuhammadxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1554-yil
Buxoro xonligi
Vafoti 1605-yil
Fuqaroligi Buxoro xonligi
Ota-onasi

Boqi Muhammadxon hukmronligi davrida bir nechta mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar olib borgan. Safaviylarga qarshi kurashda Usmonli imperiyasi bilan ittifoqdosh boʻlgan. Xurosonni qaytib olish maqsadida safaviylarga qarshi harbiy kurashlar olib borgan. Buxoro xonligiga xavf solgan Qozoq xonligi qoʻshinlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishga boshchilik qilgan. Boqi Muhammadxon mamlakat shimoliy chegaralarini koʻchmanchi qabilalardan himoya qilib, davlatni tashqi dushmanlardan himoya qilishga ham eʼtiborini qaratgan[1].

Boqi Muhammadxon mamlakatni idora qilish tizimi va soliqlarni tartibga solish, qoʻshinni qayta tashkil qilish kabi qator islohotlar oʻtkazgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan.

Kelib chiqishi tahrir

Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakillaridan biri boʻlmish Boqi Muhammadxon 1554-yilda tavvalud topgan[2]. Uning shaxsi, tarjimayi holi va ijtimoiy faoliyati, tarixdagi oʻrni fanda yetarlicha oʻrganilmagan[3]. Boqi Muhammadxon Joni Muhammad va Zuhrabegimning ikkinchi farzandi boʻlgan. Bir qator tarixiy manbalarda Boqi Muhammadxonning shajarasi quyidagi tarzda keltiriladi: Boqi Muhammadxon – Joni Sulton – Yormuhammad – Mangʻishloq Chavaq Sulton – Muhammadxon – Temur Sulton – Qutlugʻxon – Abay – Oʻz Temur – Toʻqay Temur – Joʻjixon – Chingizxon. Ashtarxoniylarning kelib chiqishi Chingiziylardan Joʻjixonning oʻn uchinchi oʻgʻli Toʻqay Temurga borib taqaladi[4].

Taxtga kelishigacha boʻlgan davr tahrir

 
Jonibek sultonning nevarasi va Iskandarxonning oʻgʻli, Shayboniy hukmdor Abdullaxonning tasviri

Abdullaxon II (1583–1598) va Abdulmoʻminxon (1598) vafotidan keyin, Buxoro xonligiga qoʻshni davlatlar hujum qilgan. Saroy amaldorlari va din ulamolari Boqi Muhammadxonning akasi Din Muhammadxonni taxtda koʻtarish uchun Xurosonga chopar yoʻllashadi. Bu davrda Xuroson Safaviy qizilboshlari hujumi ostida qolgan, aka-uka Din Muhammadxon va Boqi Muhammadxonlar esa ularga qarshi harbiy kurash olib borishar edi. Ushbu mavzu haqida Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“ asarida keng maʼlumotlar keltirilgan[5]. Din Muhammadxon ukalari Boqi Muhammadxon va Vali Muhammadxonni Buxoroga yuboradi. 1599-yili Boqi Muhammadxon Hirotga kelib, shaharni qoʻshini boshchiligida qizilboshlilardan himoya qilib, magʻlubiyatga uchraydi. Soʻngra Torgi dovonidan oʻtib, Buxoroga qaytadi.

Boqi Muhammadxon Tavakkalxonga qarshi qilgan harbiy jangidan soʻng Buxoro xonligi hukmdori Pirmuhammadxon (1598–1601) tomonidan shu yilning oktyabr oyida Samarqandga hokimi etib tayinlaydi[6]. U Samarqad hokimi sifatida Toshkentdagi qozoq qabilalari boshliqlari bilan tinchlik sulhini tuzishga erishadi. Boqi Muhammadxon oʻzining siyosiy maqomini mustahkamlash maqsadida Samarqandning koʻplab amirlarini katta mablagʻ va sovgʻalar evaziga oʻz tomoniga ogʻdirishga muyassar boʻladi. Miyonqolga hujum qilganidan soʻng hukmdor Pirmuhammadxon bilan orasi buziladi. 1601-yilning iyunida Samarqanddagi Bogʻi Shamolda boʻlib oʻtgan jangda 50 ming qoʻshini bilan, Pirmuhammadxonni yengib, qatl ettiradi. Shu tariqa Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasiga qarindosh boʻlgan Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davri boshlanadi[7].

Buxoro xonligi hukmdori tahrir

Boqi Muhammadxon 1601-yilda Buxoro xoni sifatida taxtga koʻtariladi. Uning taxtga kelishi bilan bogʻliq maʼlumotlar Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“ asarida keltirilgan. Boqi Muhammadxon nomiga xutba oʻqiladi. Uning taxtga oʻtirish marosimida qatnashgan ukasi Vali Muhammadxon Balx hokimi etib tayinlanadi[8].

Baʼzi bir manbalarga koʻra dastlab Boqi Muhammadxonning otasi Joni Muhammad Buxoro xoni sifatida taxtga koʻtarilgan, uning nomiga xutba oʻqilib, tangalar zarb etilgan (1601–1603). Shuning uchun baʼzan sulolaning nomi joniylar deb ham tilga olinadi. Jonibek Muhammad xon deb eʼtirof etilgan boʻlsada, amalda taxtni Boqi Muhammadxon boshqargan[9]. Arminiy Vamberiga koʻra Boqi Muhammadxon 7 yil hukmronlik qilgan. U 1599-yildan boshlab Samarqandga hokim boʻlgan. Arminiy Vamberi shunga tayanib uni yetti yil hukmronlik qilgan deb yozgan[10].

Oʻzaro urushlar tahrir

Boqi Muhammadxon oʻz hukmronligi davrida xonlik hududi yaxlitligini saqlab qolish va oʻziga qadar oʻtgan xonlar qoʻldan chiqargan yerlarni dushmandan qaytarib olish maqsadida koʻplab harbiy urushlar olib borgan. Boqi Muhammadxon hukmronligi davrida, shimolda qozoq juzlari, janubda Balx hududlari va Xurosonda Safaviylar tomonidan tahdidlar boʻlib turgan. U hukmdor sifatida harbiy faoliyatini dastlab Amudaryo janubidagi hududlarni egallashdan boshlagan. Balxdagi isyonni bostirib, viloyatga ukasi Vali Muhammadxonni hokim etib tayinlagan[11].

Eron bilan oʻzaro harbiy urushlari tahrir

 
Safaviylar shohi – Abbos I (1587–1629)

Safaviylar shohi Abbos I (1587–1629) Balxni egallash maqsadida va 140 ming kishilik qoʻshini bilan viloyatga yurish qilgan. Dastlab qizilboshlar Andxoʻy qal’asiga hujum qilgan. Qal’a qoʻmondoni Moʻminboyga Jonibek sulton va Boqi Muhammadxonlar yordamga kelishgan. 1602-yil iyul oyida Amudaryo boʻyichagi Puli Xatabadagi jangda qizilboshlilar magʻlubiyatga uchrab, Abbos I va Muhammad Salim oʻz qoʻshinlari bilan birga Eronga qaytishgan[12]. Boqi Muhammadxon Maymana, Shibirgʻon, Andxoʻy, Badaxshon, Bagʻlon, Hisor kabi hududlarni davlat tasarrufiga qaytargan[13]. 1603-yilda Qunduzga harbiy yurish qilgan. Sababi, ushbu hudud Qobul hokimi Muhammad Hakim Badiuzzamon tomonidan bosib olingan edi. Boqi Muhammadxon Qunduzni uch oy qamal qilib, 1603-yil 25-martda qoʻlga kiritgan[14]. 1604-yilda qozoq xoni Keldimuhammad qoʻshinlari Buxoro xonligining shimoliga hujum qilganda Boqi Muhammadxon ularga qarshi chiqib, dushman qoʻshinini mamlakat hududidan quvib yuborgan[15].

Tashqi siyosati tahrir

Boqi Muhammadxon bir nechta mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar yoʻlga qoʻygan. U asosan Eronga qizilboshlariga kurashish maqsadida Usmonlilar imperiyasi bilan ittifoq tuzib, elchilar almashgan[16].

Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari tahrir

Boqi Muhammadxon 1599–1600-yillarda Usmonlilar sultoni saroyiga elchi yuborib, oʻz maktubida sulton Sulaymon va Baroqxon, Murod III va Abdullaxon II oʻrtasidagi elchilik almashinuvini eslab oʻtgan. Maktubda Boqi Muhammadxon Eron hukmdoriga qarshi harbiy kurashish va Xurosonni qaytarib olish haqida oʻz fikrlarini bildirgan. Maktubda u Usmonlilar sultonidan harbiy koʻmak, shuningdek harbiy toʻplarni soʻragan[17]. Usmonlilar devoni mazkur xatni muhokama qilib, va uning tarjimasini sultonga eshittirgan. Devonning vazirlaridan biri Ismishchi Hasan Poshoga Usmonli sultoni Mehmed III (1595–1603) uchun maxsus telxis qogʻoz tuzish va maktub mohiyatini ochib berish topshirilgan[16].

 
Usmonlilar sultoni – Mehmed III (1595–1603)

Oʻtgan asrlarda oʻzbek hukmdorlari shialarga qarshi kurashda Usmonlilarga ittifoqdosh boʻlishganligi sababli elchi orqali yuborilgan talab, rad etmasligi kerak boʻlgan. Shuningdek, Usmonlilar Safaviylar bilan munosabatni buzishni istashmas edi. Ammo Usmonli devoni Shirvondagi beklarbegi Dovudbek orqali 200 arkebuz va uchta toʻpni ashtarxoniy hukmdoriga yuborishni taklif qilgan. Usmonli davlati Ashtarxoniylar bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatish tarafdori edi. Ammo bu davrda Usmonli hukmdori Safaviy Abbos I bilan ham munosabatlar buzilishini istamagan. Mehmed III Boqi Muhammadxonning murojatini qabul qilishga majbur boʻlib, Buxoroga javob maktubi yoʻllagan. Bu davrda Usmonli imperiyasi saroyida boʻlib turgan Venesiya elchisining yozishicha, Usmonli hukmdori Buxoroga qurol yetkazib berganligi sababli, 1603-yilda Usmoniylar va Safaviylar urushi boshlangan. Ammo shoh Abbos I Buxoro xonligiga hujum qilmaganligi sababli, ashtarxoniy hukmdor Boqi Muhammadxon esa Usmonli imperiyasi qurolidan foydalanmagan[16].

Vafoti tahrir

Arminiy Vamberiga koʻra Boqi Muhamadxon ogʻir kasallikka chalingan. Atrofidagilari uni faqat Shayx Xoʻja Olim Azizon tuzatishiga ishonishgan. Shayx uni Amudaryo boʻyiga olib borishni aytgan. Boqi Muhammadxonning bir necha kun davomida Amudaryo suvi bilan davolash jarayoni hech qanday natija bermagan[10]. Tarixchi Dilorom Sangirova tadqiqotlariga koʻra, Boqi Muhammadxon 1605-yili 51 yoshida kasallik sababli vafot etgan[2].

Ashtarxoniylar sulolasi tahrir

Yor Muhammad
 
 
 
 
Joni Muhammad
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Din Muhammad
 
Boqi Muhammad
 
Vali Muhammad
 
Alim Muhammad
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Imomqulixon
 
Nadr Muhammad
 
Rustam sulton
 
Muhammad Rahim sulton
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Abdulazizxon
 
Subhonqulixon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ubaydullaxon II
 
Abulfayzxon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Abdulmoʻminxon
 
Ubaydullaxon III
 
 

Manbalar tahrir

  1. Cангирова 2017, s. 88.
  2. 2,0 2,1 Cангирова 2018, s. 35.
  3.   Oʻzbekiston tarixi telekanali / „Tarixiy savol“. Buxoro xonligida Ashtarxoniylar davlati tarixi YouTubeda
  4. Zamonov 2021, s. 25.
  5. Мухаммад Юсуф Мунши 1956, s. 73-74.
  6. Zamonov 2021, s. 26.
  7. Toʻrayev 2020, s. 157.
  8. Мухаммад Юсуф Мунши 1956, s. 74-75.
  9. Zamonov 2021, s. 28.
  10. 10,0 10,1 Арминий Вамбери 2019, s. 113.
  11. Алексеев 2006, s. 109.
  12. Алексеев 2006, s. 105.
  13. Эшов Баҳодир 2019, s. 60.
  14. Ражабов 2016, s. 60.
  15. Zamonov 2021, s. 30.
  16. 16,0 16,1 16,2 Васильев 2014, s. 88.
  17. Cengiz 1976, s. 79.

Adabiyotlar tahrir

Kitoblar tahrir

  • Zamonov A, Subhonov F. Buxoro xonligining ashtarxoniy hukmdorlari. Toshkent: Bayoz, 2021 — 136 bet. 
  • Мирзо Салимбек. Кашкўли Салимий Таворихи муттақадимин ва муттаахирин. (Форс-тожик тилидан ўзбекчага доцент Нарзулло Йўлдошев ўгирган), Бухоро, 2003 — 342 bet. 
  • Мухаммад Юсуф Мунши. Муким-ханская история / Перевод с таджикского, предисловие, примечания и указатели А.А.Семенова. Ташкент: Фан, 1956 — 303 bet. 
  • Арминий Вамбери. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. (таржимон Сирожиддин Аҳмад). Ташкент: Info Capital Group, 2019 — 254 bet. 
  • Эшов Баҳодир. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Ташкент: Янги аср авлоди, 2019 — 404 bet. 
  • Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460 bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Toʻrayev H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320 bet. ISBN 978-9943-6571-0-6. 
  • Алексеев А. К. Политическая история Тукай-Тимуридов: По материалам персидского исторического сочинения Бахр ал-асрор. Санкт-Петербург: Тафаккур нашриёти, 2006 — 229 bet. 
  • Васильев А. Знамя и меч от падишаха. Политические и культурные контакты ханств Центральной Азии и Османской империи (середина XVI—начало XX вв.), Москва, 2014 — 353 bet. 
  • Cengiz Orhonlu. Osmanlı Tarihine Âid Belgeler ve telhîsler. (1597—1607). Istanbul: Istanbul Üniversitesi Edebiyet Fakültesi Basımevi, 1970 — 149 bet. 
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Maqolalar tahrir

  • Cангирова Д. Аштархоний ҳонимларнинг давлат бошқарувидаги ўрни // Sharqshunoslik jurnali. — 2017.
  • Cангирова Д. Бир сулола шажараси ҳақида // Sharq mash’ali. Toshkent davlat Sharqshunoslk instituti ilmiy-uslubiy, ma’rifiy jurnali. — 2018.