Bora (yun. boreas — shim. shamoli) — togʻ bagʻrida pastga qarab esadigan kuchli sovuq shamol. Uncha baland boʻlmagan togʻlar iliq dengiz bilan tutashgan joylarda kuzatiladi. B. esganda havo temperaturasi lasayadi.B.tezligi asosan 20–30 m/s, baʼzi joylarda hatto 60 m/s va undan ham ortiq boʻladi. B. bir boshlansa, bir haftagacha davom etadi. B. Apsheron ya. o., Adriatika dengizi, Issiqkoʻl, Sevan koʻli, Meksika boʻtozi, Novorossiysk shahri va Qrim ya. o.da esadi. B. koʻpincha fojiali oqibatlarga olib keladi (mas, B. oqibatida kemalar muzlab qolishi mumkin).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil