Bornxolm — Boltiq dengizining jan.gʻarbidagi orol. Daniyaga qarashli. Maydoni 588 km². Aholisi 45,2 ming kishi (1993). Eng katta shahri va porti — Ryonne. Yer yuzasi sertepa tekislik, balandligi 162 m gacha, sohil boʻyi qumtepalardan iborat. Kaolin va gil konlari bor. Granit qazib olinadi. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar, yaylovlar bor. Don ekish, qoʻychilik, baliq ovlash muhim oʻrin tutadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil