Bosh istisqosi, gidrotsefaliya, miya istisqosi — kalla boʻshligʻida orqa miya suyuqligʻining ortiqcha yigʻilishi va kalla ichi bosimining oshishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik. Tugʻma va orttirilgan xillari bor. Tugʻma Bosh istisqosi onadagi yuqumli kasalliklar, shikastlanish va zaharlanishning homilaga taʼsiri natijasida vujudga kelib, bola tugʻilishi bilanoq yuzaga chiqadi. Bunda bolaning boshi juda tez kattalashadi, ayniqsa peshona va tepa suyak doʻmbogʻi turtib chiqadi, suyaklari yuqalashadi; chekka va peshona sohasidagi vena tomirlari boʻrtadi, koʻrish, eshitish faoliyati buziladi, qoʻloyoq qisman falajlanib, keyinchalik tuzuk yura olmaydi. Moddalar almashinuvi (suv, uglevod va yogʻ almashinuvi) izdan chiqadi; yogʻ almashinuvining buzilishi tufayli baʼzan bemorni yogʻ bosadi yoki aksincha juda ozib ketadi. Bola juda boʻshang, uyquchan boʻladi, ruhiy rivojlanishi kechikadi. Orttirilgan Bosh istisqosi datugʻilgandan keyin bosh miya pardasining infeksion kasalliklari (meningit va meningoensefalit) yoki kalla shikastlanishi (koʻpincha tugʻilishda shikastlanishi) natijasida roʻy beradi. Bosh istisqosi ning bu xilida bemorning eshushi deyarli oʻzgarmaydi. Bunda bosh aylanadi, qattiq ogʻriydi, bemor qayt qiladi, ogʻirroq kechganida esa hushidan ketadi, qoʻloyogʻi falaj boʻlib qoladi. Bosh istisqosi ning oldini olish uchun kasallikka sabab boʻlgan omillarni vaqtida bartaraf etish, davolash esa kalla ichi bosimini kamaytirishga qaratilishi lozim.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Bosh istisqosi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil