Boxay — Shim.Sharqiy Osiyodagi ilk oʻrta asr davlati (8-asr— 926 yil). Hududi hozirgi Xitoy, Rossiyaning Primorye oʻlkasi va Koreyaning bir kismini egallagan. B. jan.sharkda Tan imperiyasi, gʻarbda Yuesi moxe (keyinchalik kidonlar) va shim.sharkda Xeyshuy moxe kabilalari yerlari, jan.da Silla davlati bilan chegaralangan, uning sharqiy chegarasi esa dengiz qirgʻogʻidan oʻtgan. Aholisi asosan tungus moxe qabilalari, koreys va xitoylardan iborat boʻlgan, dehqonchilik, chorvachilik, ipakchilik, ovchilik, balikchilik va hunarmandchilik bilan shugullangan. B.da temir, kumush, mis, oltin, jez ishlab chiqarish, qurolyarogʻ yasash, toʻqimachilik, kulolchilik, koʻnchilik taraqqiy etgan, daryo va dengiz kemachiligi rivojlangan. Koʻpchilik B.lik zodagonlar Xitoy poytaxti — Chanʼanda taʼlim olganlar. B.da Tan madaniyati taʼsiri kuchli boʻlgan. B. aholisi xitoycha iyeroglif yozuvidan keng foydalangan. B.da adabiyot, ilmfan va sanʼat ham rivojlangan boʻlib, buni Xabarovsk va Tokiodagi muzeylarda saqlanayotgan arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. B. qoʻshni davlatlar, xususan Xitoy va Yaponiya bilan madaniy, siyosiy va savdo-sotiq aloqalari olib borgan. B.ning eng gullagan chogʻi Da Sin Mao (738—794) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. B. 926 yil kidonlar tomonidan istilo etilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil