Brabant ot zoti — 19-asrda Belgiyaning Brabant viloyatida chiqarilgan (nomi shundan). Brabant ot zoti z.ning gavdasi yirik, baquvvat, tez yetiladi, uzok, yashaydi. 2,5 yoshdan turli qishloq xoʻjaligi ishlarida foydalanish mumkin. Biyasi 4 yoshida kulunlaydi. Erkagining tirik vazni oʻrtacha 800–1000 kg, baʼzan 1200 kg, biyalariniki 700 kg ga boradi. Tuyey jiyron, toʻriq, tim qora. Brabant ot zoti z.dan koʻpgina mamlakatlarda mahalliy otlar zotini yaxshilashda va ogʻir yuk tortuvchi yangi ot zotlarini chiqarishda foydalanilgan. Germaniya, Gollandiya, Daniya, AQSH, Chexoslovakiya, Vengriya va boshqa mamlakatlarda ham boqiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil