BREY (Vgau) Jon Frensis (18091895) — ingliz iqtisodchisi, sotsial utopist, R. Ouen izdoshi. Vashingtonda ingliz emigranti oilasida tugʻilgan. 30- yillarda ishchilar harakatiga qatnashdi, shu paytning oʻzida chartistlar bilan ham yaqin aloqada boʻldi. B. "Mehnatga munosabatdagi nohaqliklar va ularni bartaraf etish vositalari" asari (1839)da kapitalistik jamiyatning iqtisodiy isloh etish dasturini olgʻa surgan. B. fikricha, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni va unga asoslangan yollanma mehnat tizimini tovar-pul munosabatlarini isloh etish, ayirboshlashda ekvivalentlikka aniq rioya kilish, shuningdek kapitalistik xoʻjalik yuritish shakllari oʻrniga ishchilar aksiyadorlik jamiyatlari barpo etish yoʻli bilan tugatish mumkin. B. gʻoyalari keyinchalik P. J. Prudoning utopik sotsializm nazariyasida rivojlantirilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil