Brom (Br)
Atom raqami 35
Koʻrinishi Qoʻlansa hidli qizgʻish-qoʻngʻir suyuqlik
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
79,904 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1142,0 (11,84) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d10 4s2 4p5
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 114 pm
Ion radiusi (+5e)47 (-1e)196 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
2,96
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 7, 5, 3, 1, -1
Termodinamik xossalari
Zichlik 3,12 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi (Br—Br) 0,473 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0,005 Vt/(m·K)
Erish harorati 265,9 K
Erish issiqligi (Br—Br) 10,57 kJ/mol
Qaynash harorati 331,9 K
Qaynash issiqligi (Br—Br) 29,56 kJ/mol
Molyar hajm 23,5 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi ortorombik
Panjara davri 6.670 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K
35
Brom
Br
79,904
3d104s24p5

Brom (lot. Bromum, yun. bromos), Br — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib raqami 35, atom massasi 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizgʻishqoʻngʻir suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 7,25°, qaynash temperaturasi 59,2°. Fransuz kimyogari Brom Brom Balar 1826-yilda Oʻrta dengiz tuz konlarining shoʻr suvini oʻrganayotganda Bromni kashf etgan. Tabiiy Brom ikkita barqaror izotop: 79Vg (50,54%) va 81Vg (49,46%) dan iborat. Bromning sunʼiy yoʻl bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqkdtga sazovor. Brom Brom Kurchatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer poʻstidagi miqdori (ogʻ. boʻyicha 1,610"%) 10151016 t atrofida boʻlib, doimo xlor bilan birga uchraydi. Bromli tuzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), shoʻr koʻllarda (0,2% gacha) boʻladi. Suyuq Bromning zichligi 3,10 g/sm³ (20°). Suvda oz (100 g suvda 3,58 g), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Brom qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida boʻladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boshlaydi. Dissotsiatsiya yorugʻlik taʼsirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan Brom faol boʻlib, reaksiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod oʻrtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda koʻp issiqlik ajraladi, goho alanga hosil boʻladi. Brom kaliy va alyuminiy bilan tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishmaydi. Brom kuchli oksidlovchi. Brom suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror boʻlgan gipobromit kislota (NVgO) hosil boʻladi. Bromning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi.

Brom dengiz suvlari, koʻlmak va yer osti shoʻr suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m³ havoda 1 mg Brom boʻlsa, kishi yoʻtalib, burni qonaydi, boshi ogʻriydi va boshqa kasalliklarga duchor boʻladi. Konsentratsiya yuqori boʻlsa, kishi boʻgʻilib qoladi, bronxlari yalligʻlanadi, baʼzan oʻlimga olib boradi. Brom bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida koʻllaniladi. Brom birikmalari fotografiyada, boʻyoqlar sanoatida, insektitsidlar olishda, oʻt oʻchirishda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil