Buyuk kanal (xitoycha Dayunxe — kemalar katnaydigan daryo) — kema qatnaydigan kanal, Xitoyning yirik gidrotexnika inshootlaridan biri. Ikki yirik Tyanszyan va Shanxay portlarini bogʻlaydigan kanal. Pekin shahri yakinidan boshlanadi, Xuanxe, Xuayxe va Yanszi daryolarini kesib oʻtib, Xanchjourigacha keladi. Uzunligi 1782 km. Buyuk kanal ga tabiiy suv yoʻllaridan — Bayxe daryosi, Veyshanxu koʻli va boshqa suv havzalari ham kiradi. Buyuk kanal miloddan avvalgi 6asrda qazila boshlagan kanallar oʻrnida 13-asr da qurib tugallandi. Keyingi yillarda qisman rekonstruksiya qilindi. Asosiy portlari: Yanchjou, Suchjou, Usi, Xanchjou. Asosan koʻmir, don, paxta, yogʻoch tashiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil