BOSH (Bosch) Karl (1874.27.8 1940.26.4) — nemis kimyogartexnologi. Leypsig universitetida oʻqigan. 1935-yildan "I. G. Farbenindustri" konserni zavodlarining bosh direktori. B. rahbarligida temir katalizatorligida ammiak ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilgan. B. ammiakli koloniyalarning yuqori bosimda portlash sabablarini aniqlagan. Uglerod qoʻsh oksid va ammiakdan siydikchil (mochevina) olishni yoʻlga qoʻygan (1913). Birinchi jahon urushi vaqtida sintetik gazolin ishlab chiqarish usulini ishlab chiqqan. Germaniyada boʻyoklar ishlab chiqarish sanoatining asoschilaridan boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1931, F. Bergus bilan hamkorlikda)[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil