Chanqash, tashnalik — organizmda suv tanqisligi oldidan yuzaga keladigan fiziologik holat. Organizmning suvsiz qolish muddatiga, ter, siydik bilan suv yoʻqotishiga, yeyilgan ovqatdagi osh tuzi miqdoriga qarab, odam har xil darajada chanqaydi. Odam chanqaganda ogʻzi va tomogʻi quriydi. Bu holat ogʻiz va tomoqni suv bilan chayganda, miriqib suv ichganda butunlay yoʻqoladi. Ch.ning paydo boʻlishi organizmdagi suvtuz muvozanatini saqlashga qaratilgan. Ch. natijasida organizmda jiddiy oʻzgarishlar roʻy berishi mumkin. Bu jarayonning kelib chiqishi markaziy nerv sistemasining turli qismlari (gipotalamus, retikulyar formatsiya, katta yarim sharlar poʻstlogʻi) dagi bir qancha nerv hujayralarining reflektor faoliyatiga bogʻliq.

William-Adolphe Bouguereau (1886)

CH. organizmda suv miqdorining kamayishiga boʻlgan normal reaksiyagina emas, balki ayrim kasalliklar (mac, diabet, buyrak kasalliklari va h.k.) belgisi boʻlishi ham mumkin.

Bosh miya faoliyatining buzilishiga aloqador kasalliklarda kishi tashnalikni butunlay sezmaydi. Juda kuchli Ch. yuqori temperatura (issiq iqlim va h.k.) sharoitida ishlovchi kishilarda kuzatiladi. Bunda yuz beruvchi kuchli terlash organizmning faqat suvni emas, balki tuzlarni ham yoʻqotishiga olib keladi. Natijada organizmning suvni ushlab qolish qobiliyati pasayadi, kishi kup terlaganidan tashnalik uni hodsan toydirib qoʻyadi. Bunday oʻzgarishlarni maxsus suv ichish rejimi yordamida sezilarli darajada kamaytirish mumkin.